# To'lov Rejimini Tanlash

{% hint style="info" %}
**Diqqat!**

Platformaning **Demo** **versiya**sidan foydalanish jarayonida O'quv markazingizga to'g'ri keladigan To'lov rejimini tanlab, tanlangan rejimga o'tish uchun siz uchun biriktirilgan texnik yordam menejeriga Telegramdan murojaat qilishingiz kerak.
{% endhint %}

{% tabs %}
{% tab title="Kalendar rejimi" %}
**Batafsil**:

{% hint style="info" %}

* Ushbu rejimda guruhga qo'shilgan aktiv o'quvchilardan har oyning 1-sanasida guruhdagi kurs narxi (yoki chegirmali narxi) bo'yicha oldindan pul yechib olinadi.&#x20;
* 1 oyda davomida nechta dars bo'lishidan qat'iy nazar, platforma 1-sanadan oyning oxirigi sanasigacha kurs narxi bo'yicha to'liq pul yechib oladi
  {% endhint %}

**Afzalliklari**:

{% hint style="success" %}

* Qarzdorliklar bilan shug'ullanish va qarzdorlik foizini tushirish uchun ancha qulay.
* Guruhdagi o'quvchi qancha vaqtdan buyon qarzdorlikda ekanligini aniqlash.
* O'qituvchilarga ham bir xil vaqtda maosh hisoblab berish uchun qulay.&#x20;
* O'quvchilarda ham oyda to'lov qilish odatini shakllantirish va to'lov sanasini eslab qolish osonligi.
  {% endhint %}
  {% endtab %}

{% tab title="Guruh boshlanish sanasi" %}
Batafsil:

{% hint style="info" %}

* Ushbu rejimda Guruh boshlanish sanasi Guruhdagi O'quvchilardan pul yechib olish sanasi hisoblanadi. Ya'ni Guruh 14-sanada ochilsa, har oyning 14-sanasi talabalar uchun to'lov kuni hisoblanadi.  Bu rejimda ham 1 oyga o'quvchilardan kurs narxi bo'yicha to'lov olinadi.
  {% endhint %}

Afzalliklari:

{% hint style="success" %}

* Agarda yangi guruhlar yetarlicha o'quvchi yig'ilishi bilan ochiladigan holatlarda, o'quvchilardan guruh boshlangan sanadan boshlab pul yechilishi natijasida, oyning qaysi qismi bo'lishidan qat'iy nazar to'liq to'lov olish.
* Talabaning to'lov sanasi doim bir xil (guruh boshlangan sana) va o'zgarmaydi.
  {% endhint %}
  {% endtab %}

{% tab title="Modul" %}
Batafsil:

{% hint style="info" %}

* Ushbu rejimda har nechta darsda o'quvchilardan pul yechilishi kerakligini tanlashingiz mumkin.
* Kurs yaratish jarayonida 1ta moduldagi darslar sonini 4, 8, 12, 20, 24, 28 darsga pul yechib oladigan qilib belgilab qo'yishingiz mumkin.&#x20;
* Agarda guruh 12ta darslik modul asosida yaratilgan va 13-sanada ochilgan bo'lsa, Shu sanadan boshlab 12ta darsni hisoblab, aktiv talabalardan narxi narxni yechib oladi. Va keyingi to'lov sanasi doimiy o'zgarib turadi.&#x20;
  {% endhint %}

Afzalliklari:

{% hint style="success" %}

* O'quv markazingizda Haftada 2 martta bo'ladigan guruhlar uchun, 8ta dars uchun, 3 martta bo'ladigan guruhlar uchun 12ta dars, 4 martta bo'ladigan guruhlar uchun 20ta dars, haftada 6 kun bo'ladigan guruhlar uchun esa, 24ta darsni belgilash orqali har bir guruhdan darslar soniga qarab pul yechib olish imkoniyati.&#x20;
* 1 oyda 12 yoki 13ta dars bo'lib qoladigan holatlar, ushbu rejimdagi guruhlarga hech qanday negativ ta'sir qilmaydi.&#x20;
  {% endhint %}
  {% endtab %}

{% tab title="Kunlik" %}
{% hint style="info" %}
**Batafsil**:

* Ushbu rejim Kalendar to'lov rejimiga o'xshash va o'quvchilardan har darsda 1ta dars narxi bo'yicha avtomatik pul yechib boradi.
* Kurs narxi 1-sanadan boshlab, oy oxirigacha bo'lgan dars soniga bo'linadi va har darsda o'quvchilardan pul yechiladi. Misol uchun: \
  Kurs narxi: 299 000 so'm\
  1 oyda 13ta dars bor\
  299 000 / 13 = 23 000 so'm
  {% endhint %}

{% hint style="success" %}
**Afzalliklari**:

* O'quvchilar balansidan 1 oyga emas, har dars pul yechib oladi.&#x20;
* O'quvchi guruhdan guruhga o'tish jarayonida ham hech qanday eski guruhi uchun pul qaytarish holatlari bo'lmaydi.&#x20;
* Muzlatilgan o'quvchilardan pul yechilmaydi.
  {% endhint %}
  {% endtab %}

{% tab title="Individual" %}
{% hint style="info" %}
Batafsil:

* Bu rejimda o’quvchi qachon guruhda faollashtirilsa, har oyni o'sha sanasida platforma avtomatik pul yechib oladi
* O’quvchi 15-sanada faollashtirilgan bo'lsa, har oyning 15-sanasi to'lov kuni hisoblanadi
  {% endhint %}

{% hint style="success" %}
Afzalliklari:

* O’quvchi kelgan sanadan boshlab har oy aynan o’sha sanada to’lov qilish imkoniyatini yaratib beradi
  {% endhint %}
  {% endtab %}

{% tab title="To'liq Kurs" %}
{% hint style="info" %}
**Batafsil**:

* Bu rejimda o’quvchi butun kurs davomiyligi uchun bir martalik to'lovni amalga oshiradi
* 6 oylik kurs uchun umumiy to'lov 6 000 000 so'm 6 oy uchun, birinchi faollashtirilgan vaqtdayoq jami 6 000 000 so'm qarzdorlikka platforma avtomatik kiritadi
  {% endhint %}

{% hint style="success" %}
**Afzalliklari**:

* Online kurs yurutuvchilar yoki to'lov butun kurs uchun oldindan olinadigan ta’lim biznezlari uchun
  {% endhint %}
  {% endtab %}
  {% endtabs %}
