📜
Support Scripts
  • DEMO
  • Chats
  • Scripts 1.0
Powered by GitBook
On this page

Scripts 1.0

O’quv markazingizga SMS xizmatini ulash uchun Play Mobile bilan 2 tomonlama shartnoma qilishingiz kerak. 
Oyiga tahminan nechta sms yuborilishiga qarab o’quv markaziga mos keladigan tarif sotib olasiz. 

Shartnoma qilish jarayonida, sms o’quv markaz nomidan ketishi uchun nickname ham olishingiz kerak. Agar nickname olmasangiz, sms 3700 raqamdan ketadi va Ucell abonentlariga sms bormaydi. 

Integratsiya uchun Play Mobile sizga Login & Parol beradi.
Ushbu login parollarni bizga @modme_support ga yuborsangiz, platformaga integratsiya qilib beramiz. 


Play Mobile bilan bog’lanish:
Sayt: https://playmobile.uz/
Raqam: 
+998(71)207-11-11; +998(99)815-11-55
Manzili: 100059 Tashkent, Yakkasaray district, Shota Rustaveli street, 91
IP-Telefoniyani qanday integratsiya qilamiz?

1. Kompaniyalar:
- Sharqtelecomdan virtual raqam va SIP-trankni sotib olasiz
- Hostmaster - OnlinePBX-da magistral uzatish uchun server yaratish (@hostmaster_support ga murojaat qilib Modme mijozmiz deb ayting)
- OnlinePBX.ru - hisob yaratish va PBXni sozlash (saytda to`liq ma`lumot berilgan)

3. Bu qancha turadi:
- virtual raqam - 200 ming so’mdan - 3 mln so`mgacha 
- sip-trunk 2,5 milliondan (erkin liniyalar soniga qarab) bir martalik, oyiga 450 ming so’mdan to`lovi mavjud(virtual raqam va SIP trunk bir kompaniyadan olinadi: IstTelecom, Uztelecom va boshqalar)
- Hostmaster - oyiga 50-100 ming so’m
- onlinebpx - har bir operator uchun oyiga 90 ming so’m


—————


Birt martta:
virtual raqam - 200 ming so’mdan - 3 mln so`mgacha 
sip-trunk 2,5 milliondan (erkin liniyalar soniga qarab) bir martalik

Oyiga: 
sip-trunk - 450 ming so’mdan to`lovi mavjud
Hostmaster - oyiga 50-100 ming so’m
onlinebpx - har bir operator uchun oyiga 90 ming so’m
Video darsliklar
Platformani To'liq ishga tushirib olish bo'yicha Qisqa video darslik: 
Link: https://www.youtube.com/watch?v=y-wsOTCeG1Y&list=PLE3F_PCKsve-pdErhjjzZ99JKVFWCxBQq&index=1&t=424s

- Kurs yaratish - 00:20
- Xona yaratish - 01:20
- O'qituvchiga login & Parol berish - 01:50
- Talaba yaratish - 03:07
- Guruh yaratish - 05:00
- O'quvchini guruhga qo'shish - 07:55
- O'quvchini guruhda Aktivlashtirish - 10:30
- O'quvchiga to'lov kiritish - 10:42
- O'quvchiga Chegirma berish - 17:39
- Davomat qilish - 19:32
Dashboarddagi va Talabalardagi Aktiv o'quvchilar soni har xil ?
Dashboardagi va Talabalar bo'limidagi Aktiv o'quvchilar soni 2ta har xil statistika hisoblanadi. 

Misol uchun:

O'quv markazingizda 2ta guruhda o'qiydigan 50 ta aktiv talaba bo'lsa, Dashboardda sizga pul to'lovchilar soni ko'rsatiladi. Ya'ni 100ta. Chunki 50ta o'quvchi * To'lov (1 oyda 2 martta)

Talabalar bo'limidagi son esa, o'quv markazingizdagi mavjud haqiqiy talabalar soni hisoblanadi. Ya'ni 1ta talaba 3ta guruhga kelsa ham 1ta hisoblanadi. 

Karta Raqam

O'quvchini Guruhga Guruhga o'tkazish
Hozir o'quvchi A guruhdan B guruhga o'tish jarayonida misol tariqasida ko'rsatib o'taman. 

- Talaba A guruhda o'qiydi. Kurs narxi 300 000 so'm. Talaba guruhga oyning 1-sanasida kelib qo'shildi. Hali to'lov amalga oshirmagan va hozirda 300 ming qarzdorlikda. 

- 2 haftadan so'ng (15-sanada), talaba ma'lum bir sabablarga ko'ra B guruhga o'tadi. B guruhda kurs narxi 500 000. Va Ushbu guruhda talaba qo'shilgan sanasi bo'yicha faollashtiriladi. B guruh uchun o'quvchidan 15-sanadan oy oxirigacha (keyingi to'lov sanasigacha) pul yechib olindi. 

- Hozir talaba eski A guruhda 1 oy uchun qarzdorlikda va yangi B guruh uchun 2 hafta muddati uchun qarzdorlikda. Ya'ni umumiy miqdoridagi qarzdorlik: 

A guruh: -300 000 (1 oyga)
B guruh: -250 000 (2 haftaga)

- Lekin talaba oy oxirida Umumiy 400 000 to'lov qildi. Chunki u eski guruhda 1 oy o'qimadi, 2 hafta o'qidi. Shuning uchun 300ming emas, 150ming to'lov qiladi. 
Yangi guruhda ham 2 hafta o'qigan. 

- Hozir talaba eski guruhidan ortiqcha 2 hafta uchun qarzdorlikda turibdi. (Aslida qarzdor bo'lmasligi kerak). Shuning uchun platforma ortiqcha qarzdorlik miqdorini avtomatik hisoblash uchun talaba balansiga +150 000 bonus qo'shib qo'yadi. (Bu haqiqiy to'lov emas, va moliya bo'limida ko'rinmaydi)
PreviousChats

Last updated 2 years ago

Testing