Kurslar
Ushbu hujjat Modme platformasida o‘quv markazi uchun yangi kurslarni yaratish, tahrirlash, o'chirish tartibi haqida ma’lumot beradi. Kurslar platformadagi guruhlar, to‘lov tizimi va ta’lim jarayonining asosiy birligi bo‘lib xizmat qiladi.
1. Kurslarni yaratish

Qadamlar:
Platformaning asosiy menyusidan “Sozlamalar” bo‘limiga o‘ting.
Sozlamalar bo‘limidan “Kurslar” bo‘limini tanlang.
Sahifaning yuqori qismida joylashgan “Yangisini qo‘shish” tugmasini bosing.
2. Kurs Ma’lumotlarini Kiritish

Yangi kurs yaratish oynasida quyidagi maydonlar to‘ldiriladi:
Kurs nomi
Kursning to‘liq nomi (misol: Ingliz tili – Beginner)
Kurs kod raqami
Kursni aniqlash uchun raqam yoki belgilar (misol: 01, 02)
Davomiylik (soat)
Kurs umumiy necha soat davom etadi
Davomiylik (oy)
Kurs qancha oy davom etadi (masalan, 3 oy)
Kurs narxi
Har oy uchun belgilangan narx (masalan, 500 000 so‘m)
Izoh (ixtiyoriy)
Kursga oid qo‘shimcha ma’lumot
3. Saqlash

Barcha kerakli ma’lumotlar to‘ldirilgach:
“Saqlash” tugmasini bosing.
Kurs avtomatik tarzda platformaga qo‘shiladi va kurslar ro‘yxatida aks etadi.
4. Qo‘llanilishi
Yaratilgan kurslar:
Guruh yaratishda biriktiriladi
Talabalarning to‘lov tizimi bilan bog‘lanadi
Davomat, SMS va boshqa jarayonlarda asos bo‘lib xizmat qiladi
5. Kurslarni tahrirlash
Qadamlar:
Yuqoridagidek kurslar bo'limiga o'ting.
Tahrirlamoqchi bo'lgan kursingizni ustiga bosib kursning asosiy oynasiga o'ting.
Shu yerdagi tahrirlash tugmasiga bosing(qalamchali ikon).
Kerakli ma'lumotlarni yangilab saqlash tugmasini bosing.
Kurslarni tahrirlash funksiyasi markazda narxlar, dars soati yoki guruh muddati to'laqonli yangilanda ishlatilinadi. Bitta kursni tahrirlash orqali bir nechta unga bog'langan guruhlarning narxlari, dars davomiyligi yoki guruh davomiyligini o'zgartirib yuborish mumkin
6. O'chirish
O'chirish uchun ham aynan kursning asosiy oynasiga o'tasiz va shu yerdagi o'chirish tugmasi orqali kursni olib tashlaysiz
Xulosa
Modme platformasida yangi kurs yaratish oddiy va intuitiv jarayondir. Kurs nomi, davomiyligi, narxi kabi asosiy parametrlarni to‘ldirish orqali siz o‘quv markazingizda ta’lim jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yishingiz mumkin.
Last updated
Was this helpful?