Yechib olishlar

Ushbu hujjat Modme platformasining Moliya bo‘limida joylashgan "Yechib olish" funksiyasi qanday ishlashi, qanday ma’lumotlar taqdim etilishi va foydalanuvchi qanday tahlillarni amalga oshirishi mumkinligini tushuntirib beradi. Bu funksiya o‘quv markazining oylik qarzdorlik holati, kutilayotgan tushumlar va aktiv talabalar asosida prognoz qilish imkonini beradi.


1. "Yechib Olish" Qismi Nima Uchun Xizmat Qiladi?

Bu bo‘lim orqali siz:

  • Joriy oyda qarzga kirgan talabalar sonini ko‘rasiz.

  • Bu oy tushishi kerak bo‘lgan umumiy to‘lov miqdorini ko‘rasiz.

  • Har bir talabaning individal qarzdorlik holatini tahlil qilasiz.

  • Avvalgi oylar bilan taqqoslash asosida qarzdorlik dinamikasini kuzatasiz.


2. Asosiy Statistik Ma’lumotlar

Misol:

  • Agar sizda 500 ta aktiv talaba bo‘lsa, “Yechib olish” bo‘limi sizga:

    • Bu 500 talabaning nechtasi bu oy qarzga kirganini

    • Qarzdorlik summasi umumiy necha so‘mni tashkil etayotganini

    • Shu oyda kutilayotgan tushum miqdorini ko‘rsatadi

Bularning barchasi oylik kontekstda taqdim etiladi, masalan: 1-aprel – 30-aprel oralig‘i.


3. Filtrlash Imkoniyatlari

“Yechib olish” bo‘limida quyidagi bo‘yicha filterlash mumkin:

✅ Sana bo‘yicha:

  • Har qanday sana oralig‘i (masalan, o‘tgan oy) ni tanlab, o‘sha davrga tegishli qarzdorliklar va tushumlar ko‘riladi.

✅ Talaba bo‘yicha:

  • Ism-familiya orqali aniq talabaning qarzdorlik holatini izlab topish mumkin.

✅ Qarzdorlik summasi bo‘yicha:

  • Ma’lum bir miqdorni kiritish orqali (masalan, 500 000 so‘m) shu miqdorda qarzdorlikka ega talabalarni aniqlash mumkin.

✅ Kurs bo‘yicha:

  • Masalan: Ingliz tili – Beginner kursi bo‘yicha nechta talaba qarzdorlikka tushganligini ko‘rish mumkin.


4. Ko‘rsatiladigan Ma’lumotlar

Filter natijalarida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

  • Talabaning ismi va familiyasi

  • Telefon raqami

  • Guruh/kurs nomi

  • Qarzdorlik summasi

  • Qarzdorlik sanasi

Bu ma’lumotlar real vaqt rejimida tahlil qilish va choralar ko‘rish uchun qulay tarzda taqdim etiladi.


5. Yillik Navigatsiya Grafikasi

Yechib olish bo‘limida mavjud grafik:

  • 12 oy davomida qarzdorliklar qanday o‘zgarib borganini ko‘rsatadi.

  • Har oyda qancha miqdorda qarzga kirilgangrafik chiziqlar va raqamlar orqali aks ettiriladi.

Bu yordamida siz moliya oqimini prognoz qilish, strategik rejalashtirish va davriy tahlil olib borishingiz mumkin bo‘ladi.


Xulosa

“Yechib olish” bo‘limi – Modme platformasining moliyaviy boshqaruvdagi eng muhim qismlaridan biridir. Bu yerda siz o‘quv markazingizdagi talabalar tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan, ammo to‘lanmagan summalarni aniqlaysiz, tahlil qilasiz va kerakli choralarni ko‘rishingiz mumkin. Filtrlash vositalari va yillik grafiklar yordamida qarzdorlik ustidan to‘liq nazorat olib borish imkoniyati yaratilgan.

Last updated

Was this helpful?