chart-kanbanTalaba holati (statuslari)

Guruhga oid statuslar

1. Sinov darsi holatida (Kulrang)

  • Talaba guruhga yangi qo‘shilganidan so‘ng avtomatik tarzda sinov darsi statusiga ega bo‘ladi.

  • Bu holatda faqat davomat qilish mumkin.

  • Moliyaviy hisob-kitoblar va qarzdorlik hali hisoblanmaydi.

  • Platformada talaba kulrang rangda ajratib ko‘rsatiladi.

  • Agar talaba faollashtirilmasa, sinov darsi holatida qolaveradi.

2. Faol Talaba (Yashil yoki Qizil)

Talaba faollashtirilgach, faol talabaga aylanadi. Faol talabalar ikkiga bo‘linadi:

  • Yashil rangda – Agar talabada ijobiy balans (yaʼni to‘lovda ortiqcha yoki qarz yo‘q) mavjud bo‘lsa.

  • Qizil rangda – Agar talaba qarzdor bo‘lsa (yaʼni to‘lov sanasi o‘tib ketgan yoki to‘lov yetarli emas).

Faollik – talabaga qarzdor bo‘lishi yoki ijobiy balansda bo‘lishidan qat’i nazar, uni moliyaviy tizimga faol tarzda bog‘langanini bildiradi.

3. Muzlatilgan Talaba (Ko‘k)

  • Talaba biror sabablarga ko‘ra (masalan, taʼtil, vaqtincha to‘xtash) muzlatilgan bo‘lsa, statusi ko‘k rangda belgilanadi.

  • Muzlatilgan talabalar davomatdan chiqariladi va moliyaviy hisob-kitoblari ham to‘xtatiladi.

  • Talaba istalgan vaqtda muzlatilgan holatdan chiqib, yana faol holatga qaytarilishi mumkin.

Guruhdan tashqari statuslar

Bu talabalar faol guruhga biriktirilmagan bo‘ladi. Ularning statusi:

  • Guruhsiz — hech bir guruhga biriktirilmagan talaba.

  • Sinov darsidan keyin ketgan — sinov darsidan so‘ng guruhga qo‘shilmagan talaba.

  • Faol guruhni tark etgan — faol bo‘lgan guruhni tark etgan va hozirda hech qayerga biriktirilmagan talaba.

  • Imzolangan taklif bilan — ommaviy offertaga rozi bo'lgan talabalar

  • Shu oyda qo‘shilgan — aynan joriy oyda tizimga yangi kirgan talabalar. Ular filtr orqali tezda ajratib olinishi mumkin.

Talabalar bo'limidan ularning holati (statuslari) ga qarab filterlab topib olishingiz ham mumkin

Last updated