Talaba to'lov ustida amallar

Ushbu hujjat Modme platformasida talaba hisobiga kiritilgan to‘lovlar ustida qanday amallarni bajarish mumkinligini tushuntiradi. Har bir to‘lov yozuvi foydalanuvchi tomonidan tahrir qilinishi yoki o‘chirib yuborilishi mumkin.


To‘lov Amallariga Kirish

  1. Talaba profiliga o‘ting (qidiruv orqali topib, ism-familiyasiga bosing).

  2. Profil sahifasining to‘lovlar tarixi bo‘limiga pastga tushing.

  3. Har bir to‘lov yozuvi qatorining o‘ng tomonida amallar tugmalari mavjud:

  • Chop etish (printer ikonkasi) tugmasi

  • Uning yonida turgan amallar tugmalari:

    • Tahrirlash tugmasi

    • O‘chirish tugmasi

Shu tarzda biz talaba to'lovini o'chirib yuborishimiz va qayta taxrirlashimiz mumkin . Bu CEO va Branch Direktor rollariga ruxsat etiladi .

Last updated

Was this helpful?