Talabani guruhga qo'shish
Ushbu hujjat Modme platformasida mavjud talabani o‘quv guruhiga qanday qo‘shish mumkinligini uch xil usulda bosqichma-bosqich tushuntiradi. Har bir usul orqali talaba belgilangan guruhga sinov darsiga yoziladi va uning holati tizimda aks ettiriladi.
1-usul: “Talabalar” Bo‘limi Orqali Guruhga Qo‘shish

Qadamlar:
Talabalar bo‘limiga kiring.
Qidiruv maydonchasida talabani ism-familiyasi yoki telefon raqami orqali toping.
Talabani ro‘yxatdan tanlang. Bir nechta talabalarni belgilab hammasi birdaniga qo'shishingiz ham mumkin.
Sahifaning yuqori o‘ng qismida joylashgan “Guruhga qo‘shish” tugmasini bosing.
Quyidagi ma’lumotlarni kiriting:
Kerakli guruhni tanlang
Talabaning guruhga qo‘shilish sanasini belgilang
“Saqlash” tugmasini bosing.
Talaba guruhga muvaffaqiyatli qo‘shiladi.
2-usul: Talaba Profilidan Guruhga Qo‘shish

Qadamlar:
Talabalar bo‘limidan kerakli talabani qidirib toping.
Talabaning ism-familiyasi ustiga bosing — shaxsiy profil ochiladi.
Profil sahifasida, ism-familiyasi va qo‘shimcha ma’lumotlar pastida joylashgan “Guruhga qo‘shish” tugmasini bosing.
Quyidagi ma’lumotlarni kiriting:
Guruh nomi
Qo‘shilish sanasi
“Saqlash” tugmasini bosing.
Shu tarzda talaba tanlangan guruhga sinov darsiga yoziladi.
3-usul: “Guruhlar” Bo‘limi Orqali Guruhga Talaba Qo‘shish

Qadamlar:
Guruhlar bo‘limiga o‘ting.
Talaba qo‘shilishi kerak bo‘lgan guruhni qidirib toping.
Guruh sahifasini oching.
Guruh ma’lumotlarining yonida joylashgan o‘chirish, tahrirlash, SMS yuborish tugmalari ostida joylashgan “Plyus (+)” tugmasini bosing.
Ochilgan shaklda:
Kerakli talabani qidirib toping
Tanlang
Talabaning guruhga qo‘shilish sanasini belgilang
“Saqlash” tugmasini bosing.
Talaba avtomatik tarzda guruh ro‘yxatiga qo‘shiladi va sinov darsiga yozilgan hisoblanadi.
Xulosa
Modme platformasida talabani guruhga qo‘shish uchun bir nechta qulay yo‘llar mavjud. Har bir usul foydalanuvchiga talabani aniq guruhga, belgilangan sana asosida tez va soddalashtirilgan tarzda joylashtirish imkonini beradi. Talabalar guruhga qo‘shilgach, ular sinov darslari va o‘quv jarayoniga avtomatik kiritiladi.
Last updated
Was this helpful?