Hisoblar va To'lovlar

⚙️ Hisob va to‘lovlar — umumiy sozlamalar

Bu bo‘lim orqali o‘qituvchilarga ish haqi qanday hisoblanishini, talabalar to‘lovi qanday amalga oshirilishini va ustozlarga qanday ruxsatlar berilishini aniqlab sozlashingiz mumkin.


🧾 To‘lov rejimi

  • Talabalar uchun to‘lov rejimi: Odatda "Oylik (kalendar oyiga)" bo‘lib tanlanadi. Bu rejimda talabalar oyning boshidan oxirigacha bo‘lgan darslar uchun to‘lov qiladilar.


💰 Ish haqi sozlamalari (Salary Settings)

✅ Hisobga olinadigan yoki olinmaydigan holatlar:

  • Sinov darsidagi talabalarni hisobga olmang – ustozga sinov darslarda qatnashgan talabalar uchun maosh berilmaydi.

  • Arxivlangan talabalarni hisobga olmang – o‘quv markazdan chiqib ketgan yoki faol bo‘lmagan talabalar maosh hisobiga kiritilmaydi.

  • Talaba chegirmasini hisobga oling – agar talaba chegirma asosida to‘lov qilgan bo‘lsa, o‘qituvchining maoshi ham shunga mutanosib kamayadi.

  • O‘qituvchining maoshida o‘quvchi chegirmasini hisobga oling – bu chegirmalarni ustoz maoshidan avtomatik hisoblash imkonini beradi.

  • Arxivlangan o‘quvchilarga maosh hisoblang – agar bu belgilanayotgan bo‘lsa, arxivlangan (faol bo‘lmagan) o‘quvchilar ham hisobga olinadi.

  • O‘qituvchining maoshini davomatga ulang – maosh faqat o‘quvchilar darsga kelgan taqdirda hisoblanadi.

📌 Davomat asosidagi nazorat:

  • Faqatgina guruh ustozi belgilagan davomatlarga maosh hisoblash – agar guruhda bir nechta ustoz bo‘lsa, faqat bosh ustoz belgilagan davomat asosida hisoblanadi.

  • Faqatgina o‘quvchi kelgan darslarga maosh hisoblash – faqatgina haqiqiy qatnashgan darslar asosida ustozga maosh beriladi.

  • Sinov darsi holatidagi o‘quvchilar uchun maosh hisoblash – bu belgilansa, sinov darslarga qatnashganlar ham hisobga olinadi.

  • Muzlatilgan o‘quvchilarni hisobga olish – faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan talabalar maosh hisobiga kiritiladi (agar belgilansa).


🔐 Qo‘shimcha ruxsatlar (Others)

  • O‘qituvchilarga: talabalarga SMS yuborishga ruxsat bering – o‘qituvchilar tizim orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar yuborishi mumkin.

  • O‘qituvchilarga: talabalar ma’lumotlarini yashirish – ustozlarga ba’zi maxfiy ma’lumotlar ko‘rinmaydi.

  • O‘qituvchilar: davomatni faqat dars davomida belgilash – darsdan oldin yoki keyin davomat qo‘yishning oldi olinadi.

  • Jadval: guruhlarni bitta kabinet / o‘qituvchi bilan kesib o‘tishga ruxsat bering – guruhlar bir ustoz yoki xona orqali takrorlansa ham jadvalda ruxsat beriladi.

  • Guruh balansini ko‘rsatish – har bir guruh uchun to‘lovlar holati ko‘rinadi.


🍇 Uzum integratsiyasi

  • Uzum sozlamalari orqali onlayn darslar uchun Uzum platformasi bilan bog‘lanish imkonini beradi.

Last updated

Was this helpful?