Sistemaga kirish

Modme platformasining Sozlamalar → Umumiy sozlamalar → Sistemaga kirish bo‘limida platforma ko‘rinishini shaxsiylashtirish uchun maxsus sozlamalar mavjud. Bu funksiya orqali o‘quv markazingiz logotipi, matnli tavsifi va aloqa ma’lumotlari platformadan foydalanuvchi ko‘radigan qismida aks ettiriladi.


Asosiy funksiyalar

1. Logotip joylash

  • Platformaga kirish sahifasi uchun alohida logotip yuklash imkoniyati mavjud.

  • Ushbu logotip mijozlarga Platformaga kirish sahifasida ko‘rinadi.

  • Logotip PNG yoki JPG formatda yuklanadi.

2. Matn joylash (logotip ostiga)

  • Logotip ostiga maxsus matn kiritish mumkin.

  • Bu matnda o‘quv markazi haqida qisqacha izoh, taklif, yoki eslatma bo‘lishi mumkin.

  • Masalan: “Biz bilan bilim sari birinchi qadamni qo‘ying!”

3. Qo‘shimcha aloqa ma’lumotlari

  • Platformaga kirish sahifasiga qo‘shimcha shaxsiy aloqa ma’lumotlarini kiritish mumkin:

    • Telefon raqami

    • Telegram username (@belgilanishi bilan)

  • Bu ma’lumotlar mijozga tezda bog‘lanish imkonini beradi.


Mijoz uchun ko‘rinadigan ko‘rinish

Platformaga kirish sahifasi quyidagicha ko‘rinadi:

  • Logotip yuqori qismda

  • Matnli izoh logotip ostida

  • Telefon raqami va Telegram foydalanuvchi nomi alohida blokda

  • Bu elementlar formani to‘ldirayotgan mijozga ishonchli va brendga xos muhit yaratadi


Xulosa

Modme’dagi Platformaga kirish sahifasio‘quv markazingiz brendiga mos individual yondashuv yaratish imkonini beradi. To‘g‘ri kiritilgan logotip, izoh va aloqa ma’lumotlari mijozlarda ishonch uyg‘otadi va ular bilan aloqani osonlashtiradi.

Last updated

Was this helpful?