Lid arxivlash sababi

Lid arxivlash sabablari — bu foydalanuvchining lidni nima sababdan arxivlaganini belgilovchi yozuvlardir. Ular platformadagi Lidlar bo‘limining yuqori o‘ng burchagida joylashgan Lid Arxivi orqali yaratiladi va boshqariladi. Ushbu funksiyadan CEO, branch direktor, va admin foydalana oladi.

Arxivlash Sabablarini Qo‘shish

Sabab qo‘shish jarayoni

  1. Lid Arxivi bo‘limiga kiriladi.

  2. Yuqori o‘ng burchakda joylashgan "Arxivlash sababini qo‘shish" tugmasi bosiladi.

  3. O‘quv markazining real holatiga asoslangan holda, foydalanuvchi oddiy matn shaklida sababni yozadi. Misollar:

    • Narx mijozga yoqmadi

    • Joylashuv noqulay

    • Aloqa uzilishi yuz berdi

  4. Sabab kiritilgach, saqlanadi va ro‘yxatga qo‘shiladi.

Muhim eslatma

  • Sabablar faqat foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. Oldindan belgilangan variantlar mavjud emas.

  • Har bir sabab oddiy matn ko‘rinishida kiritiladi.

  • Har lid arxivlanganda sabab tanlash majburiydir.

  • Ba'zi sabablar SYSTEM tomonidan avtomatik yaratiladi, bunday funksiyalar eng ko'p bajariladigan odatiy sabablarga qo'yilgan, masalan o'quvchi lidlar bo'limidan guruhga qo'shilsa, [SYSTEM] avtomatik "Added to Group" deb lid sababini kiritib uni lidlar bo'limidan o'chiradi.

Mavjud Sabablarni Boshqarish

Kiritilgan arxivlash sabablari keyinchalik:

  • Tahrir qilinishi mumkin

  • O‘chirilishi mumkin (SYSTEM tomonidan kiritilgan sabablar bundan mustasno)

Bunga ruxsat faqat yuqorida sanab o‘tilgan foydalanuvchi rollariga (CEO, Branch Direktor, adminstrator) berilgan.

Xulosa

Lid arxivlash sabablari funksiyasi yordamida o‘quv markazlar lidlar bilan ishlashdagi muammolarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har bir sabab foydalanuvchi tomonidan aniqlik bilan kiritilishi kerak, chunki bu ma’lumotlar keyingi qarorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Last updated

Was this helpful?