Lid Column'lar (ustunlar)

Lidlar bo'limida standard bo'yicha 3ta ustun mavjud bo'ladi. Ya'ni:

  1. Yangi lidlar uchun

  2. Lidlar bilan ishlash uchun (barcha jarayonlar)

  3. Naborga qo'shish uchun.

Lidlar bo'limidagi ustunlar soni, nomi, ketma-ketligini o'quv markazingizdagi sotuv varonkasi bo'yicha sozlashingiz mumkin va sotuv varonkasida qaysi ustunlar ko'rinish yoki ko'rinmasligini ham tanlashingiz mumkin.

Lidlar bo'limidagi ustun sozlamalari har bir filial uchun alohida sozlanadi.

Ustun sozlamalariga o'tish uchun lidlar bo'limining tepadagi o'ng burchagidagi 3ta nuqtaga bosing va "Ustun sozlamalari"ga bosing.

Yangi ustun yaratish

Yangi ustun yaratish uchun "Sarlavhani shu yerga kiriting" qismga Yangi ustun nomini kiriting va "Qo'shish" tugmasiga bosing.

Ustun nomini o'zgartirish

Mavjud ustun'ni nomini o'zgartirish uchun ustunning tepa o'ng burchagidagi "✏️" belgisiga bosing va o'zgarishlash saqlash tepadagi "Tahrirlash" tugmasiga bosing.

(Ustun nomini yangilayotganingizda "yangi ustun yaratish" dagi "qo'shish" tugmasi o'zgaradi)

Mavjud ustunni o'chirish

O'chirilishi kerak bo'lgan ustunni pastgi qismidagi "🗑️" belgisiga bosing.

Ustunlar ketma-ketligini o'zgartirish

Ketma-ketligini o'zgartirish uchun ustunning pastgi qismidagi o'chirish tugmasini chap va o'ng tarafidagi tugmalarini bosing.

Ustunlar sahifasidan chiqish

Ustunlar sahifasidan chiqish uchun tepada chap tarafdagi "Yopish" tugmasiga bosing.

Ustunlar ustida bajarish mumkin bo'lgan barcha amallardagi pastdagi qisqa video qo'llanmada ko'rishingiz mumkin.

Last updated

Was this helpful?