Mijoz manba'lari haqida

Lidlar bo'limida mijoz manbalari yaratish, o'quv markazingizga lidlar qaysi ijtimoiy tarmoqlardan / manbalardan kelayotganini tahlil qilish uchun zarur.

Mijoz manbalari sahifasini ochish uchun ko'k rangdagi yangi lid yaratish tugmasiga bosing va "Qayerdan" degan yozuvning oldidagi "+" tugmasiga bosing.

Ochilgan sahifagi malumot kiritish qismida manba nomini kiritib, saqlash tugmasi orqali yangi manba yaratishingiz mumkin.

Pastdagi jadvalda esa ushbu filialdagi barcha mavjud manbalarni ko'rishingiz mumkin.

Mavjud mijoz manbalarining nomini o'zgartirishingiz va butunlay o'chirib yuborishingiz mumkin.

Ushbu jarayon pastdagi video'da qisqacha ko'rsatib o'tilgan.

Last updated

Was this helpful?