Maxsus lid formalar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali to'g'ridan to'g'ri mijozlarni platformaga jalb qilish uchun maxsus lid formalardan foydalaning.
Last updated
Was this helpful?
Ijtimoiy tarmoqlar orqali to'g'ridan to'g'ri mijozlarni platformaga jalb qilish uchun maxsus lid formalardan foydalaning.
Last updated
Was this helpful?
Tekshirib ko'ring - maxsus lid forma yaratishdan avval sizning lidlar bo'limingizda mijoz manbasi , va lid kelib joylashishi uchun lid bo'limi mavjud bo'lishi yani yaratilgan bo'lishi kerak .
Maxsus lid forma yaratish sozlamalar bo'limida joylashgan shakllar qismi orqali amalga oshiriladi .
Shakllar qismiga kirgan vaqtingizda siz yaratish tugmasini ( Yangisini qo'shish ) ko'rishingiz mumkin.
Ushbu tugma orqali oddiy va maxsus lid forma yaratishingiz mumkin bo'ladi hozirgi vaqtda sizga kerakli qismi bu lid forma!
Lid forma yaratish tugmasini bosasiz navbatda esa belgilangan bo'sh o'rinlarni to'ldirasiz .
Dastlab ushbu lid formaga nom berasiz masalan ( Yangi IELTS kurslarimizga ro'yxatdan o'tishga shoshiling ) kabi .
So'ngra o'quv markazingiz yoki filiallardan birini tanlaysiz .
Keyingi bosqich lid kelib tushishi kerak bo'lgan bo'lim tanlanadi .
So'ngida esa kelayotgan lidning manbasi ( masalan ushbi maxsus lid forma instagramga joylanadi va shu orqali mijozlar instagramdan oqib kelaboshlaydi ) .
Navbatda mijzoning ismi va familiyasi undan keyinda esa mijoz telefon raqami uchun shakllantirilgan bo'sh joyni ko'rishingiz mumkin.
Agar qo'shimcha malumotlar olish istagingiz bo'lsa ( yangi blok ) qo'shing tugmasi orqali siz bir nechta qo'shimcha malumotlar uchun joy ochishingiz mumkin bo'ladi .
Yangi blok qo'shing tugmasi orqali ushbu malumotlarni so'rash imkoniyatini yaratishingiz mumkin.
Ular : Bir necha variantli so'rovnoma Qisqa izoh Uzoq izoh Matn NPS so'rovnomasi Qo'shimcha telefon raqam
Ularni kiritib bo'lganingizdan so'ng sizdan o'ng taraf yurorida saqlash tugmasi orqali ishni yakunlashingiz mumkin.
Tayyor bo'lgan lid formani quyidagi sariq rangli link ustiga bosib saqlab olishingiz va ijtimoiy tarmoqlardagi psirlaringizga yuklashingiz mumkin . Tayyor bo'lgan lid forma orqali ro'yxatdan o'tgan mijozlar to'g'ridan to'g'ri sizning platfromangizga kelib tushadi .
Quyidagicha saqlanadi sariq rangdagi link belgisi ustiga 2 marotaba bosish orqali saqlashingiz mumkin.
Bundan tashqari siz lid forma malumotlarini taxrirlashingiz yoki o'chirib yuborishingiz ham mumkin.
Lid forma stili, ranglari va rasmlarini o'zgartirish uchun siz Sozlamalar bo'limidagi Umumiy sozlamalar qismidan Lid forma sozlamalarini tanlashingiz va u yerdan cover rasm, logo rasmi, asosiy matn, yuborilgandan keyin chiqadigan matn, forma rangi kabi parametrlarni o'zingiz hohlaganday o'zgartirishingiz mumkin.