Dam olish kunlari

📅 Sozlamalar – Dam olish kunlari bo‘limi bo‘yicha yo‘riqnoma

O‘quv markazingizdagi barcha rasmiy dam olish va ta’til kunlarini Sozlamalar bo‘limining "Dam olish kunlari" qismidan osongina belgilashingiz mumkin.

✅ Yangi dam olish kunini qo‘shish:

  1. "Yangisini qo‘shish" tugmasini bosing.

  2. Oynada quyidagi ma’lumotlarni kiriting:

    • Dam olish kunining nomi (masalan: "Navro‘z bayrami", "Mustaqillik kuni")

    • Sanasi (1 kun yoki ko‘p kunlik ta’til uchun oraliqni tanlash mumkin)

  3. Dam olish kunining:

    • Talabalar to‘lov tizimiga ta’sir qilishi kerakmi?

    • Xodimlar ish haqiga ta’sir qilishi kerakmi? — bularni chekbox orqali belgilang.

  4. "Saqlash" tugmasini bosing.

🌀 Natija: Belgilangan dam olish kuni avtomatik tarzda barcha guruhlar va tizimlarga tatbiq etiladi. Shundan so‘ng o‘quv va moliyaviy hisob-kitoblar ushbu kun(lar)ni inobatga olgan holda avtomatik yangilanadi.

Last updated

Was this helpful?