Xodimlar


📄 Modme – Yangi Xodim Qo‘shish Yo‘riqnomasi

🔧 Bo‘lim: Sozlamalar → Xodimlar

Modme tizimida o‘quv markazingizdagi barcha xodimlarni boshqarish uchun "Xodimlar" bo‘limi mavjud. Bu yerda siz xodimlarni qo‘shishingiz, ularning lavozimini belgilashingiz va tizimga kirish ma’lumotlarini yaratishingiz mumkin.


Yangi Xodim Qo‘shish Tartibi

1. "Yangisini qo‘shish" tugmasi

  • Bo‘limning yuqori o‘ng burchagida joylashgan.

  • Ushbu tugmani bosganingizda yangi xodim qo‘shish formasi ochiladi.


📥 Xodim haqida kiritiladigan ma’lumotlar

Quyidagi maydonlar to‘ldiriladi:

Maydon nomi
Tavsif

Ism Familiya

Xodimning to‘liq ismi (Masalan: Aliyev Nodir)

Telefon raqam

Aloqa uchun raqam (Masalan: +99890...)

Lavozimi

Xodimning vazifasi (masalan: Ustoz, Administrator, Kassa, Direktor)

Jinsi

Erkak / Ayol

Tug‘ilgan sana

Xodimning tug‘ilgan kuni (yy-aa-kk formatda)

Parol

Xodim ushbu parol orqali o‘z platformasiga kiradi

Rasm (ixtiyoriy)

Xodim suratini yuklash mumkin, tizimdagi profiliga chiqadi


👤Xodimlarning rollar va ularning imkoniyatlari:

  1. CEO Hamma filial va bo‘limlarga to‘liq kirish huquqiga ega. Barcha asosiy sozlamalarni faqat CEO o‘zgartira oladi.

  2. Filial Direktori Faqat o‘z filialiga tegishli bo‘limlar va funksiyalar bilan ishlaydi. CEO'ga o‘xshash huquqlarga ega, lekin ba’zi sozlamalar yopiq.

  3. Administrator Lidlar, guruhlar, o‘quvchilar, o‘qituvchilar bilan ishlaydi. Moliya va hisobotlarga kira olmaydi. Sozlamalarning bir qismiga kirish huquqi bor (masalan, arxiv).

  4. Administrator 2 Oddiy administratordek, lekin to‘liq tahrirlash huquqiga ega.

  5. Limited Administrator Juda cheklangan kirish huquqiga ega. Faqat ma’lumot kiritish va davomat belgilash mumkin. Tahrirlash, o‘chirish va to‘liq ma’lumotlarni ko‘rish imkoni yo‘q.

  6. O‘qituvchi Faqat o‘z guruhlari bilan ishlaydi: davomat, oylik, o‘quvchilar ro‘yxati va guruhdagi jarayonlar. Boshqa bo‘limlarga kira olmaydi.

  7. Talaba Faqat o‘z profili, guruhi, to‘lovlar tarixi, dars jadvali va imtihon natijalarini ko‘ra oladi.

  8. Keshier (Hisobchi) Talabalar ro‘yxati va balansini ko‘ra oladi. Moliya va xarajatlar bo‘limi bilan ishlaydi. Talaba profillarining ichki tafsilotlariga kira olmaydi.

  9. Marketer Faqat lidlar va sozlamalardagi shakllar bo‘limi bilan ishlaydi. Forma yaratadi, lidlarni olib boradi.


💾 Xodimni saqlash

  • Barcha ma’lumotlar to‘ldirilgach, "Saqlash" tugmasini bosing.

  • Yangi xodim tizimga qo‘shiladi va kerakli ruxsatlar asosida ishlashni boshlaydi.


🧑‍💼 Foyda va qo‘shimcha eslatmalar

  • Har bir xodim uchun alohida login parol bo‘lishi xavfsizlik va shaxsiy javobgarlikni ta’minlaydi.

  • Lavozimga qarab tizimda har xil funksiyalar va ruxsatlar beriladi (masalan: ustoz faqat dars ko‘radi, administrator tizimni boshqaradi).

  • Surat yuklash orqali profilingiz ko‘rinishini shaxsiylashtirishingiz mumkin.

Last updated

Was this helpful?