Dars mavzusini belgilash
Kirish
Modme tizimida guruhdagi har bir dars sanasiga mavzu belgilash imkoniyati mavjud. Bu yordamida o‘quv jarayonini tartibli va rejalashtirilgan tarzda yuritish mumkin. Quyida mavzu belgilash tartibi va qoidalari batafsil bayon etiladi.
Mavzu Belgilash Tartibi
Guruh ichida kerakli dars sanasining ustiga bosing.
Ochilgan oynada "Mavzu belgilash" tugmasini tanlang.
Chiqqan formaga dars nomini (title) va qisqacha tavsifini (description *ixtiyoriy) kiriting.
"Saqlash" tugmasini bosing.
Muhim Eslatmalar
Mavzu va tavsif qisqa, bir qatorda yozilishi tavsiya etiladi.
Barcha sanalar default holatda mavzusiz bo‘ladi.
Mavzuni belgilagandan so‘ng, "Onlayn dars materiallari" bo‘limida avtomatik tarzda bog‘langan yangi dars yaratiladi.
Onlayn dars materiallari bo‘limini o'zida yaratilgan darslar davomat paneliga bog‘lanmaydi.
Onlayn Dars Materiallari Bilan Bog'lanish
Mavzu belgilanganda "Onlayn dars materiallari" bo‘limida bo‘sh dars yaratiladi.
Yaralgan darsda faqat sarlavha (title) va tavsif (description) bo‘ladi.
Dars ichiga istalgan vaqtda kerakli kontentlarni kiritish mumkin.
Rejalashtirish Imkoniyatlari
Agar mavzularni ketma-ket va tartibli kiritsangiz, "Onlayn dars materiallari" bo‘limida avtomatik tarzda yillik yoki oylik reja shakllantirib olsangiz bo'ladi.
Bu yordamida o‘quv jarayonini tizimli ravishda boshqarish osonlashadi.
Xulosa
Modme tizimida mavzu belgilash orqali darslarni aniq va tartibli rejalashtirish mumkin. Bu usul yordamida darslar va materiallar o‘rtasidagi bog‘liqlikni saqlab, o‘quv jarayonining sifatini oshirishga erishiladi.
Last updated
Was this helpful?