Guruhlar ro'yhati & amallar

Guruhlar Bo‘limi

Kirish

Bu bo‘lim orqali barcha filiallardagi guruhlar ro‘yxati, ularning holati, o‘qituvchilar, kurslar va mashg‘ulot sanalari bilan tanishish mumkin. Guruhlar ustida filtrlash, ustunlarni sozlash va bir nechta amallarni bajarish imkoniyati mavjud.


Interfeys Tuzilishi

Yuqori Qism

  • Filtrlar paneli – turli mezonlar bo‘yicha guruhlarni saralash uchun ishlatiladi.

  • Guruh yaratish tugmasi – yangi guruh ochish uchun ishlatiladi.

  • Guruhlar soni – jami guruhlar soni ko‘rsatiladi.

  • Ustun sozlamalari – ro‘yxatda ko‘rinadigan ustunlarni tanlash mumkin.

Pastki Qism

  • Guruhlar jadvali – har bir guruh bir qatorda ko‘rsatiladi. Quyidagi ustunlar mavjud:

    • Guruh nomi

    • Kurs(lar)

    • O‘qituvchi

    • Kunlar (juft, toq, boshqa)

    • Mashg‘ulot sanalari

    • O‘tilgan muddat

    • Xonalar

    • Teglar (agar mavjud bo‘lsa)

    • Talabalar soni

    • Qo‘shimcha amallar (uch nuqta ikonkasida)

  • Guruhlarni EXCELga export qilib olish tugmasi


Ustun Sozlamalari

Foydalanuvchi istagiga qarab ko‘rinadigan ustunlarni belgilashi mumkin. Har bir ustun checkbox orqali yoqib/o‘chirilib turadi.


Filtrlash Imkoniyatlari

Filtrlash quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Status bo‘yicha:

    • Faol guruhlar

    • Tugallangan guruhlar

    • Arxivlangan guruhlar

  • O‘qituvchi ismi bo‘yicha

  • Kurs nomi bo‘yicha

  • Kunlar bo‘yicha (juft, toq, boshqa)

  • Teglar bo‘yicha

  • Boshlanish va tugash sanasi bo‘yicha

Shuningdek, natijalarni tartiblash ham mumkin – yuqoridan pastga yoki aksincha. Guruh nomi orqali izlash uchun brauzerda Ctrl + F tugmasidan foydalanish tavsiya etiladi.


Rangli Ogohlantirishlar

Guruh tugash sanasiga qarab quyidagi rangli belgilashlar mavjud:

bu rasm olingan vaqtda sana: 05/08/2025 bo'lgan
  • Sariq – guruh tugashiga 1 oy yoki undan kam vaqt qolgan.

  • Qizil – guruh tugashiga 1 hafta yoki undan kam vaqt qolgan yoki guruh allaqachon tugagan.

Bu belgilar faqat ogohlantirish uchun, avtomatik harakatlar bajarilmaydi.


Guruhni Arxivlash

Guruh tugaganidan so‘ng arxivlash mumkin. Arxivlash natijasida:

  • Guruh faoliyati to‘xtatiladi.

  • Tranzaksiyalar avtomatik bajarilmaydi.

  • Davomatlar yashirin (hide) holatga o‘tadi.

  • Guruh o‘qituvchining oylik hisob-kitobidan chiqariladi.

⚠️ Guruhni arxivlashdan oldin barcha hisob-kitoblar yakunlangan bo‘lishi kerak.

Qayta tiklash

  • Guruhdagi filteerlardan arxiv guruhlarga o'tiladi

  • Guruhni tahrirlashga bosib statusi "aktiv" ga o'zgartiriladi

  • Aktiv holatga qaytgandan keyingina tahrirlab tugash sanasiniuzaytirish imkoniyati mavjud


Qo‘shimcha Amallar (⋮)

Har bir guruh qatorining oxirida uch nuqta ikonkasida quyidagi amallar mavjud:

  • Tahrirlash

  • SMS yuborish (guruh a’zolariga)

  • O‘chirish


Filiallar Bilan Ishlash

Foydalanuvchi aynan qaysi filialda bo‘lsa, o‘sha filialga tegishli guruhlar ko‘rsatiladi. Bir vaqtda foydalanuvchi faqat bitta filialda bo‘la oladi.


Xulosa

Guruhlar bo‘limi orqali guruhlarni boshqarish, tahlil qilish va tartiblash uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Filtrlar, rangli ogohlantirishlar va arxivlash funksiyasi guruhlarning hayotiy davrini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.

Last updated

Was this helpful?