Guruh tarixi

Kirish

Platformada guruhlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar to‘liq nazorat qilinishi uchun maxsus Tarix bo‘limi mavjud. Bu bo‘limda guruhda yuz bergan asosiy harakatlar avtomatik tarzda qayd etiladi. Tarixni ko‘rish orqali foydalanuvchi kim, qachon va qanday o‘zgarish amalga oshirganini aniqlashi mumkin.

Tarix Bo‘limining Vazifasi

Tarix bo‘limi quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:

  • Guruhdagi har bir muhim harakatni avtomatik tarzda yozib borish.

  • Harakatlar kim tomonidan va aynan qachon amalga oshirilganini ko‘rsatish.

  • O‘tmishdagi o‘zgarishlar ustidan to‘liq nazoratni ta’minlash.

Qamrov doirasi

Guruhlar bo‘yicha tarixdan tashqari, platformaning boshqa qismlarida ham tarix yuritiladi:

  • Foydalanuvchi profili — foydalanuvchiga oid muhim o‘zgarishlar (Talaba va Ustozlarda mavjud)

  • Leadlar — leadlar bo‘yicha harakatlar.

  • Hisobotlar bo'limidagi Jurnallar — umumiy platforma bo'yicha harakatlar.

Harakatlar qanday yoziladi

Tarixga yoziladigan holatlar:

  • Guruh yaratildi.

  • O‘quvchi guruhga qo‘shildi.

  • O‘quvchi guruhdan chiqarildi.

  • O‘quvchi boshqa guruhga o‘tkazildi.

  • O‘quvchi muzlatildi

  • Guruhda tahrir ishlari amalga oshirild kabi yoziladi.

Tarix yozuvlari qanday ko‘rinadi

  • Har bir yozuv chap tomonda asosiy matn shaklida beriladi. Ba'zida bu matn ma'lum bir sana bilan bog‘lanadi (masalan, belgilangan sanaga tayinlangan holatlar).

  • O‘ng tomonda, kichik kulrang shrift bilan, harakatning aniq vaqti va uni amalga oshirgan foydalanuvchi ko‘rsatiladi.

  • Tarixlar eng yangi holat yuqorida turadigan tartibda joylashtiriladi.

Muhim Eslatma

Tarix bo‘limidagi yozuvlar faqat avtomatik tarzda shakllantiriladi. Ularni o‘zgartirish yoki qo‘lda yozib qo‘yish imkoniyati mavjud emas. Bu tizimning ishonchliligini va xolisligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kelajakdagi Yangi Imkoniyatlar

Hozirda tarix bo‘limi birinchi versiyada ishlamoqda. Kelgusida:

  • Ko‘proq tafsilotlar bilan boyitilgan yozuvlar,

  • Barcha platforma darajasidagi harakatlarni qamrab oluvchi to‘liq tarix,

  • Foydalanuvchi uchun qulayroq ko‘rinish va qidiruv funksiyasi kiritilishi rejalashtirilgan.

Last updated

Was this helpful?