Yangi guruh yaratish

Umumiy Ma'lumot

Guruhlar bo‘limi platformadagi asosiy funksiyalarni (talabalar davomati, dars jadvali, tranzaksiyalar va boshqa muhim jarayonlar) boshqarish uchun xizmat qiladi.

⚠️Guruh yaratishdan avval quyidagi ma'lumotlar platformaga kiritilgan bo‘lishi shart:

(Kurslar, xonalar va o'qituvchilarni yaratish bo‘yicha alohida qo‘llanmani ko‘rib chiqing.)

Guruh Yaratish Bosqichlari

  1. Guruhlar Bo‘limiga Kirish:

Chap tomondagi asosiy navigatsiyadan Guruhlar bo‘limiga o‘ting. Sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi "Yangisini Qo‘shish" tugmasini bosing.

  1. Guruh Ma’lumotlarini To‘ldirish:

Yangi guruh yaratish paneli ochiladi. Quyidagi ma'lumotlar ketma-ket to‘ldiriladi:

2.1 Guruh Nomi

  • Guruhga nom beriladi.

  • Tartibli va izchil nomlash tavsiya etiladi (masalan: Ingliz tili - 1-guruh).

2.2 Kursni Tanlash

  • Guruhni mavjud kurslardan biriga biriktiring.

  • Kursdan narx, davomiylik va dars vaqtlari avtomatik import qilinadi.

  • Kursni yangilaganda unga bog‘langan barcha guruhlar ma’lumotlari ham yangilanadi.

2.3 O'qituvchini Tanlash

  • Ro‘yxatdan o‘tgan o'qituvchilar orasidan birini tanlang.

  • Har bir guruhga faqat bitta ustoz biriktiriladi.

  • Bitta ustoz bir nechta guruhga biriktirilishi mumkin.

2.4 Dars Kunlarini Belgilash

  • Juft kunlar, toq kunlar, har kuni yoki maxsus kunlar tanlanadi.

2.5 Xonani Tanlash

  • Mavjud xonalar ro‘yxatidan birini tanlang.

2.6 Darsning Boshlanish Vaqti

  • Oldindan belgilangan ish soatlaridan kerakli vaqtni tanlang.

  • Agar kerakli vaqt mavjud bo‘lmasa, Sozlamalar > Umumiy Sozlamalar bo‘limidan ish vaqtlari va intervallarni (5 daqiqa) o‘rnatish mumkin.

2.7 Guruh Boshlanish Sanasi

  • Kalendardan guruh boshlanish sanasini tanlang.

2.8 Guruh Tugash Sanasi

  • Kurs davomiyligiga qarab tugash sanasi avtomatik tavsiya etiladi.

  • Lekin istalgan holatda tugash sanasini o‘zgartirish mumkin.

Guruhni Saqlash

Barcha ma'lumotlar to'ldirilgandan so'ng, "Saqlash" tugmasini bosing. Guruh muvaffaqiyatli yaratilgach, Guruhlar bo‘limida ko‘rinadi va ustiga bosish orqali guruh tafsilotlariga kirish mumkin.

Last updated

Was this helpful?