Guruh interfeysi bilan ishlash

Guruhga Kirish

Guruhlar bo‘limi orqali mavjud guruhlar ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin. Kerakli guruhni topib, uning ustiga bosgan holda guruhga kirish mumkin bo‘ladi.

Guruhga kirganingizda holat ikki xil bo‘lishi mumkin:

  • Yangi yaratilgan guruh: O‘quvchilar ro‘yxati va davomat paneli bo‘sh bo‘ladi, ya’ni hech qanday o‘quvchi kiritilmagan bo‘ladi.

  • Faol guruh: O‘quvchilar ro‘yxati va davomat panelida o'quvchilar va davomatlar mavjud bo‘ladi. Bu holatda o‘quvchilarning davomat ma’lumotlarini va ularning ro'yxatini ko‘rishingiz mumkin.

Guruh Interfeysi

Guruh ichida quyidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin:

  • Guruh nomi

  • Guruh ma'lumotlari (Kurs nomi, O‘qituvchi, Narx, Mashg‘ulot sanalari, Xona va xona sig‘imi, Guruhga tegishli filial)

  • Davomat qilish maydoni

  • O‘quvchilar ro‘yxati

  • Eslatma qo'yish uchun maydon

  • Boshqa oynalarga o'tish uchun menu (Onlayn dars va materiallar, Chegirmali narx, Imtihonlar, Tarix va Izohlar kabi oynalar uchun)

Agar guruh yangi yaratilgan bo‘lsa, birinchi qadam sifatida o‘quvchini qo‘shish kerak bo‘ladi.

Last updated

Was this helpful?