Online dars va materiallar bo'limi

Ushbu hujjat onlayn darslar va materiallar bo'limining imkoniyatlari va foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot beradi. Bo'lim guruh a'zolari va ustozlar uchun dars materiallarini yaratish, tahrirlash va ko'rish imkonini beradi.
Joylashuvi
"Onlayn dars va materiallar" bo'limi - guruhlar panelida, "Davomat" bo'limidan keyin joylashgan.
Dars Qo'shish Usullari
Onlayn dars va materiallar yaratishning uchta asosiy usuli mavjud:
Guruh Paneli orqali:
"Dars qo'shish" tugmasi orqali yaratiladi.
Faqat shu guruh a'zolari va ustozlari ko'ra oladi.
Kurslar Bo'limi orqali:
Kursdagi "Onlayn dars va materiallar" bo'limidan dars yaratiladi.
Kurs asosida yaratilgan barcha guruhlarda dars ko'rinadi.
Davomat orqali:
Darsga mavzu biriktirilganda, avtomatik ravishda yangi onlayn dars yaratiladi.
Yaratilgan dars mavzu nomi bilan ochiladi, ichki tarkibi bo'sh bo'ladi.
Dars Yaratish Jarayoni
"Dars qo'shish" tugmasi bosilganda, yangi dars oynasi ochiladi.
Oynada quyidagi maydonlar mavjud:
Nom (Title): Darsning nomi kiritiladi.
Tavsif (Description): Dars haqida qisqacha ma'lumot yoziladi.
Tarkib (Content): Darsning asosiy mazmuni yoziladi.
Tarkibga Elementlar Qo'shish

Tarkibni tahrirlash uchun yuqori o'ng burchakdagi qalamcha tugmasi bosiladi. Darsning tarkibini oq maydonda joylashgan plyus (+) ikonkasini bosib quyidagi elementlar orqali boyitishingiz mumkin:
Matn
Sarlavha (Heading)
Ro'yxat (List)
Kod (Code)
Jadval (Table)
Tekshiruv ro'yxati (Checklist)
Ogohlantirish (Warning)
HTML blok
Rasm (Image)
Rasmlar galereyasi
Video
Fayl (File)
Kontakt ma'lumotlari
Eslatma: Tahrir qilgandan so'ng "Saqlash" tugmasini bosish majburiy. Avtomatik saqlash mavjud emas.
Qurilmalar Bo'yicha Imkoniyatlar
Kompyuter: Dars yaratish, tahrirlash va ko'rish mumkin.
Telefon: Faqat darslarni ko'rish mumkin.
Media Fayllar Yuklash Talablari
Rasmlar:
JPG va PNG formatda bo'lishi tavsiya etiladi.
Har bir fayl hajmi 2 MB dan oshmasligi kerak.
Videolar:
5 MB dan kichik hajmda yuklash mumkin.
Katta videolar uchun Youtube'ga yuklab, iframe kodi orqali joylashtirish tavsiya etiladi.
Tavsiya: CRM tizimida videolar uchun alohida server ajratilmagan, shuning uchun Youtube iframe usuli tavsiya etiladi.
Last updated
Was this helpful?