Imtihon yaratish

Guruhlar Bo‘limida Imtihonlar Bilan Ishlash

Kirish

Ushbu hujjatda guruhlar bo‘limida imtihonlarni yaratish, ularni dars kunlariga biriktirish, baholash, va kerakli sozlamalarni yuritish tartibi tushuntiriladi. Bu imkoniyat yordamida foydalanuvchilar imtihonlarni platforma orqali rejalashtirishi, o'tkazishi va baholashi mumkin.


Imtihonlar Bo‘limiga O‘tish

  • Imtihonlar bo‘limi yuqoridagi panelda, chegirmalar bo‘limidan keyin joylashgan.

  • Shu bo‘limga o‘tganingizdan so‘ng "Yangi imtihon yaratish" tugmasini ko‘rasiz.

  • Ushbu tugmani bosganingizda ma’lumot kiritish oynasi ochiladi.


Yangi Imtihon Yaratish

Imtihon yaratish oynasida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • Imtihon nomi

  • Boshlanish vaqti (faqat soat, masalan: 10:00)

  • Imtihon sanasi (kalendar orqali)

  • Imtihonning maksimal balli

  • O‘tish balli

  • Izoh (ixtiyoriy)

  • Fayl yuklash (ixtiyoriy, istalgan maqsadda)

Eslatma: Imtihon fayli barcha foydalanuvchilarga ko‘rinadi.

Saqlash tugmasini bosganingizdan so‘ng imtihon yaratiladi.


Dars Kuni Bilan Bog‘lash

  • Imtihon faqat dars bor kun uchun yaratilsa, u platformada mavzu nomi sifatida ko‘rinadi.

  • Dars mavjud bo‘lmagan kunga imtihon biriktirilsa, u davomat bo‘limida ko‘rinmaydi.

  • Davomatda ko‘rinishi uchun imtihon 1, 3, 5-kunlar kabi mavjud dars kunlariga tayinlanishi kerak.


Imtihondan So‘ng Baholash

  1. Imtihon o‘tkazilgach, yana Imtihonlar bo‘limiga qaytib, tegishli imtihonni tanlang.

  2. O‘quvchilar ro‘yxati ochiladi.

  3. Agar ro‘yxat to‘liq chiqmasa, bu imtihonda qatnashishi mumkin bo‘lgan talabalar belgilab qo‘yilmagani sababli bo‘lishi mumkin.


Qatnashuvchilar Sozlamasi

  • Bu sozlamalar Umumiy Sozlamalar → Imtihonlar panelida amalga oshiriladi.

  • Quyidagi guruhlarni belgilash mumkin:

    • Faol talabalar

    • Sinov darsidagi talabalar

    • Arxivlangan talabalar

    • Muzlatilgan talabalar

  • Sozlash imkoniyati faqat CEO (rahbar) foydalanuvchisiga berilgan.


Baho Qo‘yish

  • Har bir o‘quvchiga ball qo‘yish mumkin.

  • Izoh yozish ixtiyoriy: masalan, baho nima asosida qo‘yilgani haqida.

  • Barcha o‘zgarishlar avtomatik saqlanadi.

  • Bahoni keyinchalik o‘zgartirish mumkin.


Baholash Holati va Ranglar

Imtihon holati ranglar orqali ajratiladi:

Holat
Rang

O‘tish balidan yuqori

Yashil

O‘tish baliga yetmagan

Qizil

Baholanmagan (hali kiritilmagan)

Sabzirang


Last updated

Was this helpful?