Guruh ma'lumotlari export qilish

Guruhlar va O'quvchilar Ma'lumotlarini Eksport Qilish Tartibi

Kirish

Ushbu hujjatda "Guruhlar" va "O'quvchilar" bo'limlaridan ma'lumotlarni qanday qilib Excel formatida eksport qilish mumkinligi haqida batafsil ma'lumot beriladi. Hujjat har bir qadamni sodda va tushunarli tarzda tushuntiradi.

Guruhlar Ro'yxatini Eksport Qilish

Guruhlar ro'yxatini eksport qilishda quyidagi qoidalar amal qiladi:

  • Faqat default (oldindan belgilangan) ustunlar mavjud.

  • Foydalanuvchi ustunlarni tanlay olmaydi.

  • Barcha guruhlar umumiy ro'yxatda yuklab olinadi.

  • Filtr orqali ma'lum bir guruhni tanlab yuklab olish imkoniyati yo'q.

Eksport qilingan ma'lumotlar tarkibi:

  • Guruh IDsi

  • Guruh nomi

  • Kurs nomi

  • O'qituvchi ismi

  • Dars kunlari (haftaning qaysi kunlari). Misol toq yoki juft hafta ko'rsatkichi

  • Kurs boshlanish va tugash sanalari

  • Biriktirilgan xona nomi

Eslatma: Agar sizga maxsus filtr kerak bo'lsa, eksport qilingan Excel faylida o'zingiz filtrlab olishingiz mumkin.

Guruh O'quvchilari Ro'yxatini Eksport Qilish

Guruh O'quvchilari ro'yxatini eksport qilishda foydalanuvchi kerakli talabalarni checkbox orqali tanlashi mumkin.

Talabalarni tanlash imkoniyatlari:

  • Sinov darsiga kelganlar

  • Sinov darsiga kelmaganlar

  • Muzlatilgan talabalar

  • Faol talabalar

Tanlangan talabalar ro'yxati Excel formatida yuklab olinadi.

Eksport qilingan ma'lumotlar tarkibi:

  • Guruh nomi

  • Kurs nomi

  • O'qituvchi ismi

  • Xona nomi

  • Talaba statusi (batafsil "Talabalar Statusi" mavzusida)

  • Kurs narxi

  • Dars kunlari

  • Dars boshlanish va tugash sanalari

  • Talaba IDsi

  • Talaba ismi va telefon raqami

  • Tug'ilgan sana

  • Qo'shimcha kontaktlar

  • Balans ma'lumotlari

  • Talaba uchun yozilgan kommentariyalar

Eslatma: Har bir talaba faqat o'zining joriy guruhdagi ma'lumotlari bilan ko'rsatiladi. Agar umumiy barcha guruhlardagi ma'lumot kerak bo'lsa, "Talabalar" bo'limidan eksport qilish kerak.

Fayl Nomlanishi

Yuklab olingan fayl quyidagi shaklda nomlanadi:

GroupStudent[sana_va_vaqt].xlsx

Misol: GroupStudent_2025-04-28_1530.xlsx

Xulosa

Guruhlar va o'quvchilar ro'yxatini eksport qilish oson va tez amalga oshiriladi. Agar kerakli filtr yoki tanlovlar mavjud bo'lmasa, eksport qilingan faylda o'zingiz kerakli tartibda saralash va filtr qilish imkoniyatiga egasiz.

Last updated

Was this helpful?