Guruh sahifasidagi guruh ma’lumotlari bo‘limida joylashgan plus (+) belgisini bosing
O‘quvchini ismi yoki raqami orqali qidiring
O‘quvchini tanlang va guruhga qo‘shilish sanasini belgilang
Va Saqlashni bosib guruhga qo'shing
Guruhga qo‘shilish sanasi – bu o‘quvchining guruh a’zosi sifatida qabul qilingan sanasi. Shu kundan boshlab:
O‘quvchi guruh tarkibiga kiradi.
Davomat ro‘yxatida ko‘rinadi.
O‘quvchini faqat guruhning faoliyat muddati ichida guruhga qo‘shish mumkin:
Masalan, agar guruh 1-mart 2025-yilda yaratilgan va 1-mart 2026-yilgacha davom etadigan qilib belgilangan bo‘lsa, o‘quvchilarni shu sanalar oralig‘ida qo‘shish mumkin.
Talabaning statusi (guruh miqyosida)
Talaba guruhga muvaffaqiyatli qo‘shilgach, dastlab sinov darsi holatida bo‘ladi. Bu holatda:
Talaba faqat davomat uchun ko‘rinadi.
Moliyaviy tranzaksiyalar hali boshlanmaydi.
Platformada kulrang rang bilan ajratib ko‘rsatiladi.
Keyingi bosqich – faollashtirish. Faollashtirilgan kundan boshlab:
O‘quvchining moliyaviy jarayonlari (qarzdorlik va to‘lov) boshlanadi.
O‘quvchi to‘lov rejimiga kiritiladi va qarzdorlik yoki balans holati avtomatik hisoblanadi.
O‘quvchining holati:
Yashil rang — ijobiy balansda.
Qizil rang — qarzdor holatda.
Ikkala holatda ham o‘quvchi faol hisoblanadi.
Bundan tashqari:
O‘quvchi muzlatilgan holatga o‘tkazilishi mumkin, bu holatda ko‘k rang bilan ajratiladi.
O'quvchi guruhga muvaffaqiyatli qo'shilgandan so'ng uni faollashtirish imkoniyatiga ega bo'lasiz
O'quvchilar ro'yhatidan o'quvchini toping
Ismini to'g'risida turgan 3ta nuqtali iconga bosing
Faollashtirish tugmasini tanlangan
Faollashtirish sanasini belgilab saqlash tugmasini bosing
Muhim eslatmalar:
Faollashtirish sanasi o‘quvchi guruhga qo‘shilgan sanada yoki undan keyingi sanalarda belgilanishi kerak.
Masalan, agar o‘quvchi 10-sanada qo‘shilgan bo‘lsa, uni 10, 11 yoki 12-sanalarda faollashtirish mumkin
Faollashtirish Sanasi
Faollashtirish sanasi – o‘quvchining moliyaviy hisob-kitob tizimiga qo‘shilgan sanasidir. Bu sanadan boshlab:
Ushbu rasmda "kalendar" to'lov rejimida o'quvchidan faollashtirib ilk qarzdorlik yechib olingan. Kurs narxi 1 oy uchun 300 000 UZS ekanligi hisobga olingan ammo o'quvchi oy boshidan emas 08.05.2025 dan faollashtirilgani uchun undan kamroq summa yechib olingan. Agar rasm bo'yicha savollar tug'ilgan bo'lsa "To'lov Rejimlari" bo'limini qayta ko'rib chiqishingizni yoki @modme_support telegram akkauntiga murojaat qilishingizni so'rab qolamiz.